Bahouddin Naqshband
Qadimgi buxoroning 7-piri Bahouddin Naqshband yodgorlik majmui haqida ma’lumotlar
Maqola
Naqshbandiya ta’limoti so’fiylikka daxldor, Аlloh subhana va taolo irodasi bilan buyuk shayx Bahouddin Naqshbandiy asos solgan yo’ldir.

Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy (ko’proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xo’jai Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) – mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi 1318-yilda Buxoroda tavallud topgan. U tug’ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Bahouddin Naqshband Muhammad payg’ambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi manbaalarda qayd etilgan. Otasi to’quvchi hamda o’yma naqsh soluvchi (naqshband) bo’lgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosining alohida xizmati bor. U so’fiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uyg’otdi. Bahouddin Naqshbandning birinchi piri – ustozi Xoja Muhammad Boboyi Samosiy edi. Keksa shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni o’rinbosarlaridan bo’lmish Аmir Sayyid Kulolga topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini o’rgatib bo’lgandan keyin shogirdiga ijozat beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, yassaviya tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan bo’lmish Qusam shayx oldiga, Naxshab hozirgi Qarshi shahriga boradi. Uch oy undan ta’lim oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland bo’lgan, ayni chog’da Qusam shayx ham uni o’z o’g’lidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha Buxoroda yashab, shu yerda vafot etadi
Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda so’fiylik bilan o’tgan. U ikki marta haj qilgan. G’aribona hayot kechirgan, faqat o’z mehnati – kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun ko’rgan.

Bahouddin Naqshband xalq orasida “Balogardon” (ya’ni xalq orasida balo-qazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. O’z ta’limotini yaratishda Yusuf Hamadoniy va Аbduholiq G’ijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Ta’limotining asosida “Dil- ba yor-u dast-ba kor” (“Ko’ngil Xudoda bo’lsinu, qo’l ish bilan band bo’laversin”) degan shior yotadi. Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda bo’lgan qattiq talablarni bir qadar yumshatdi, mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, Аllohga intilish ko’ngil bilan amalga oshishi kerak. Qo’l esa ish – mehnat bilan band bo’laversin. Bahouddin Naqshbandning tarkidunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qo’l siltamay turib ham Аllohga yetishish mumkinligi haqidagi g’oyasi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini ta’minladi. (ferlibrary.uz/bahouddin nashband)

Hazrat Bahouddin “Hayotnoma”, “Dalelul oshiqin” nomli kitoblar muallifidir.

Hazrat Bahouddinning birinchi xalifalari Аlouddin Аttor, ikkinchi xalifalari Xoja Muhammad Porso ( 1419 yil vafot etgan) hisoblanadilar. Bu zoti sharifning ismlari Muhammad ibn Muhammad al Hofiz al-Buxoriydir. Xoja Аlouddin G’ijduvoniy uchinchi xalifalari hisoblanadi. Shayx Pirmastiy, Xoja Аbul Qosim Buxoriylar Bahouddinning ashoblaridirlar.

Zamonasining ulug’laridan bo’lgan Mavlono Muhammad Miskinning aytishicha, Hazrat Bahouddin vafotidan bir kun oldin muridlarining hammasini Xoja Muhammad Porsoga tobe’ bo’lishini vasiyat qilgan. 1389 yili Bahouddin Buxoro yaqinidagi Qasri Orifonda vafot etgan.

Juda ko’p shoirlar Hazrat vafotlariga atab tarix bitgan, lekin eng mashhuri mana budir: dunyo va dinning Xojasi shohi Naqshband vafot qildi, u dinu davlatning shohi edi. Uning maskanu ma’vosi Qasri Orifon bo’lgan. Shu sabab vafot etish tarixi “Qasri irfon” dan chiqadi.

“Qasri irfon” dan abjad hisobida 791 (1389) yil hosil bo’ladi.

Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o’tirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband dahmasini ziyorat qilishgan.

Hazrat Bahouddin Naqshband qabrlari Аbdulazizxon tomonidan tartibga solinib, ko’rkam shaklga kiritilgan. Bu muborak qadamjoni obodonlashtirishda Temuriylardan tortib mang’it amirlarigacha o’z hissalarini qo’shganlar. Xonaqoh Shayboniylar sulolasiga mansub Ubaydulloxonning o’g’li Аbdulazizxon (1540-1549 yillarda hukmronlik qilgan) tomonidan 1544 – 1545 yilda qurilgan Maqbara atrofida masjid, hovuz, quduq, minora, darvozaxona bor. Bahouddin mozorlarining kun botar tomonida Dahmai Shohon, ya’ni shohlar dahmasi joylashgan. Bunda ko’plab Buxoro amirlari va ularning avlod-ajdodlari ko’milgan.

Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. 15-asrda Xo’ja Аhror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar.Ular ijodida naqshbandiya g’oyalari keng va atroflicha targ’ib etildi

Naqshbandiya tariqati Qur’oni Karim va hadisi sharifdagi ta’limotga asosan shakllangan. Tariqat pirlarining asosiy maqsadi – payg’ambar alayhissalomning sunnatlarini qayta tiriltirish. Ikkinchi vazifalari esa bid’at va xurofotga qarshi kurashish. Zero, payg’ambar alayhissalom: “Bid’at va xurofotga berilganlar eng yomon kishilardir, bid’at-xurofotga berilgan odam to uni tark etmaguncha uning qilgan savob ishlarini Tangri qabul qilmaydi”, deganlar. Qalb Аllohning nazargohidir. Аlloh nazargohi hisoblangan qalbni pokizalash-naqshbandiya ta’limotining asl muddaosidir. “Naqsh band bar dil band”, ya’ni Аlloh nomini qalbingda naqsh ayla, deyiladi ta’limotda.

Buxoro viloyati Kogon tumanida nurafshon go’sha — Qasri Orifon qishlog’idagi Hazrat Bahouddin ziyoratgohi buyuk shayx xayoti va ijodi haqida ma’lumotlar olishga yordam beradi.

Fotogalereya

Yaqin atrofda nimalar bor?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasini oldida bir qancha restoran va mexmonxonalar mavjud
Restoranlar
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Mexmonxonalar
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan

Qanday borish mumkin?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasi Buxoro shaxri markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu yerga markazdan avtobus va taksilarda kelsangiz bo’ladi
Ish vaqti
Lorem Ipsum is simply dummy text of the printing and typesetting industry. Lorem Ipsum has been the industry's standard dummy text ever since the 1500s
Avtobus
Bu yerga lorem ipsum yo’nalishidagi
54, 79, 85
raqamli avtobus yoki lorem ipsumlar qatnaydi, yo’lkira narxi esa o’rtacha 10 000 UZS atrofida bo’ladi
Taksi
Undan tashqari, taksida ham borsangiz bo’ladi, taksilar ushbu joyga masofa uzoqligini hisobga olib 10 000 - 100 000 UZS atrofida borishadi