Maqola
Xojagon silsilasining oltinchi piri, «Аmir Kalon» taxallusi bilan
mashhur bo’lgan Sayyid Аmir Kulol ibn Аmir Hamza ibn Аmir Ibrohim
taxminan 680/1281 - yili Buxoro atrofidagi Аfshina yoki Suxor
qishlog’ida dunyoga kelgan. U kishi ning payg’ambar sollallohu
alayhi vasallam avlodidan bo’lgan otasi Аmir Hamza ibn Аmir
Ibrohim asli Hijozning Madina shahridan bo’lib, Movarounnahrga
ko’chib kelgach Buxoro atrofida yashab qolgan.
Manbalarda Sayyid Аmir Kulolning tavallud sanasi qayd etilmagan
bo’lsa-da, Sayyid Otaning taxminan uch-o’rt yoshlardagi Аmir Kulol
bilan ilk uchrashuvi 683/1284 yili yuz berganidan kelib chiqqan
holda, uning 680/1281-yili tavallud topganligini taxmin qilish
mumkin.
«Maqomoti Аmir Kulol»da yozilishicha, uning otasi Аmir Hamza
yassaviya tariqatining shayxi Sayyid Ota bilan yaqin munosabatda
bo’lib, ushbu shayx har safar Buxoroga kelganida u bilan
uchrashardi. Xojagon-naqshbandiya tariqati manbalarida
ta’kidlanishicha, Sayyid Аmir Kulol hali onasining qornida
ekanidayoq uning kelajakda pokiza va buyuk bir inson bo’lishi
ma’lum bo’lib, onasi har safar halolligiga shubha bo’lgan biror
narsani eb qo’yganida ichida qattiq og’riq paydo bo’lardi. Oradan
bir oz vaqt o’tib, Sayyid Аmir Kulol dunyoga keladi. U taxminan
uch-to’rt yoshga kirgan chog’larida – 683/1284 yili Sayyid Ota
kelib, sallasining yarmini yechib, uning boshiga o’raydi-da, uning
kelajakda sayru sulukda yuksak maqomlar va martabalarga
erishishini so’rab duolar qiladilar.
Sayyid Аmir Kulolning so’fiylik yo’liga kirishini aytib, unga oq
fotiha bergan kishi yassaviya tariqati shayxi Sayyid Ota
bo’lsa-da, uni amalda so’fiylik yo’liga olib kirib, sayru sulukda
unga murshidlik qilgan kishi xojagon silsilasi piri Xoja Muhammad
Boboyi Samosiy bo’ldi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiyga murid
tushgan Sayyid Аmir Kulol yigirma yil davomida uning murshidligida
sayru suluk bosqichlarini bosib o’tadi va uning eng yetuk
xalifasiga aylanadi. Samosiy olamdan o’tganidan keyin esa tariqat
rahbarligini o’z zimmasiga oladi
Sayyid Аmir Kulol ko’plab kishilarni o’z tariqatiga kirgizishga
muvaffaq bo’ladi. Manbalarda uning muridlari soni bir yuz o’n
to’rtta bo’lib, ularning barchasi sayru sulukda kamolga
yetganliklari to’g’risida ma’lum qilinadi. Sayyid Аmir Kulol umri
bo’yi biror marta ham o’z tug’ilib-o’sgan diyoridan tashqari
chiqmagan bo’lsa-da, «Maqomoti Аmir Kulol» muallifi uning Markaziy
Osiyoning Turkiston, Hijozning Makka va Madina shaharlari hamda
Rum o’lkasida ham ko’plab muridlari bo’lganligini ta’kidlaydi.
Sayyid Аmir Kulol o’z ta’limotini yoyish maqsadida Buxoro va uning
atrofidagi qishloqlar, jumladan, Suxoridan tashqari bir muddat
Nasaf shahriga borib yashagan.
Sayyid Аmir Kulol tarjimai holidagi muhim o’rinlardan biri uning
xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik vakili, ushbu tariqatning
xojagoniya bosqichidan keyin kelgan naqshbandiya bosqichining
boshlovchisi Xoja Bahouddin Naqshbandga bevosita murshid
bo’lganligidir. Yuqorida eslatib o’tilganidek, Sayyid Аmir Kulol
piri Xoja Muhammad Boboyi Samosiy topshirig’iga ko’ra yosh
Bahouddin Naqshbandni suluk yo’lida tarbiyalashni o’z zimmasiga
oladi. Bahouddin Naqshband bir necha vaqt uning xizmatida bo’lib,
sayru suluk bosqichlarini bosib o’tgach, unga endi xojagoniya yoki
yassaviya tariqatlari shayxlaridan ma’qul kelgan birortasi
huzurida ta’lim olish va sulukda davom etishi mumkinligini aytadi
.
Sayyid Аmir Kulol ham o’z pirlari kabi bir kasbning etagini tutib,
o’z mehnati orqali tirikchilik qilishni afzal biladi. Manbalar
uning kulolchilik bilan shug’ullanganligi, shu sababdan ham Kulol
taxallusini olganligi to’g’risida guvohlik berishadi.
Sayyid Аmir Kulol tarjimai holidagi muhim va qiziq o’rinlardan
yana biri u bilan Аmir Temur (736/1336-807/1405) o’rtasidagi
munosabatdir. «Maqomoti Аmir Kulol»da Sohibqiron hokimiyat uchun
kurash boshlagan paytlarida Sayyid Аmir Kulolning huzuriga kelib,
haqqiga xayrli duo so’ragani, «Matlab ut-tolibin»da esa bu paytda
Sayyid Аmir Kulol uni ma’naviy farzandlikka – muridlikka qabul
qilib, uning tarbiyasini o’z xalifasi Shayx Shamsiddin Kulolga
topshirgani to’g’risida hikoya qilinadi. Shu bilan birgalikda, u
Аmir Temurni taqvo va adolatni o’z hayotining maqsadiga
aylantirishga chaqiradi.
Sayyid Аmir Kulolning Аmir Burhon, Аmir Shoh, Аmir Hamza va Аmir
Umar nomli to’rt o’g’li bo’lib, ularning barchasi so’fiylik
yo’liga kirgan edi. Otasi o’z xalifalariga ushbu to’rt o’g’lini
sayru suluk bosqichlarini bosib o’tishda rahnamolik qilishga
buyurarkan, Аmir Burhonning tarbiyasini Xoja Bahouddin
Naqshbandga, Аmir Shohning tarbiyasini Shayx Yodgorga, Аmir
Hamzaning tarbiyasini Xoja Orif Deggaroniyga va Аmir Umarning
tarbiyasini Jamoliddin Deh Osyobiyga topshiradi.
Sayyid Аmir Kulol hijriy-qamariy 772 yilning 8 jumodil avvali –
milodiy 1370 - yilning 28 noyabrida Suxor qishlog’ida olamdan
o’tib, shu qishloqda dafn etiladi.
«Maqomoti Аmir Kulol» muallifi Sayyid Аmir Kulol xalifalarining
soni judayam ko’p bo’lganligini ta’kidlab, quyidagi
ketma-ketlikdagi yetti kishi–Mavlono Orif Deggaroniy, Xoja
Bahouddin Naqshband, Jamoliddin Deh Osyobiy, Shayx Yodgor, Xoja
Shayx Darazuniy, Mavlono Jamoliddin Keshiy va Shayx Shamsiddin
Kulolni uning eng sara xalifalari sifatida eslatib o’tadi. Biroq
«Rashahot ayn al-hayot»da Sayyid Аmir Kulolning quyidagi
ketma-ketlikdagi to’rt xalifasi bo’lganligi eslatiladi: Xoja
Bahouddin Naqshband, Mavlono Orif Deggaroniy, Shayx Yodgor va
Shayx Jamoliddin Dahistoniy. «Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband»da
keltirilishicha, Sayyid Аmir Kulol Xoja Bahouddin Naqshband va
Mavlono Orif Deggaroniyni o’z xalifalari orasida eng buyuklari deb
biladi, vafotidan oldin esa barcha muridlariga Xoja Bahouddin
Naqshbandga ergashishni buyuradi.
Sayyid Аmir Kulol xojagon silsilasining o’zidan oldin o’tgan
pirlari ta’limotini targ’ib etish, jumladan, Xoja Mahmud
Аnjirfag’naviy davridan boshlab joriy etilgan zikri jahriyni
qo’llashda davom etdi. Shuningdek, «Maqomoti Аmir Kulol» asarida
uning so’fiylik shartlari va odoblari hamda ayrim so’fiyona
tushunchalar borasidagi quyidagi qarashlari aks etgan:
Qanday borish mumkin?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasi Buxoro shaxri
markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu yerga markazdan
avtobus va taksilarda kelsangiz bo’ladi
Ish vaqti
Lorem Ipsum is simply dummy text of the printing and typesetting
industry. Lorem Ipsum has been the industry's standard dummy
text ever since the 1500s
Avtobus
Bu yerga lorem ipsum yo’nalishidagi
54, 79, 85
raqamli avtobus yoki lorem ipsumlar qatnaydi, yo’lkira narxi esa
o’rtacha 10 000 UZS atrofida bo’ladi
Taksi
Undan tashqari, taksida ham borsangiz bo’ladi, taksilar ushbu
joyga masofa uzoqligini hisobga olib 10 000 - 100 000 UZS
atrofida borishadi