Maqola
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisu sirrih 1259-yil Buxoro
viloyati Romitan tumani Samos qishlog’ida tug’ilib, 1354-yil vafot
etganlar. Qabrlari Samos qishlog’idadir. Hazrat Boboyi Samosiyning
otalari – Sayyid Аbdulloh bo’lgan. Ul zoti sharif ham shariatu
tariqat ilmidan voqif bo’lgan.
Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy quddisu sirrihu bug’doy rangli va
yuzlaridan nur yog’ilib turadigan zot edilar. U kishining
nigohlari ta’sirli va hissiyotlari kuchli bo’lgan.
Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy quddisu sirrihu Xoja Аli Romitaniy
hazratlariga umrlarining oxirigacha ixlos bilan xizmat qilganlar.
Hatto, u kishi Xorazmga hijrat qilganlarida birga hijrat
qilganlar. Аna shu suhbat u kishiga ulkan foydalar keltirib,
ustozning eng yaqin kishilaridan biriga va ko’zga ko’ringan
xalifalariga aylandilar.
Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy quddisu sirrihu ko’p talabalarini
o’zlari izlab topardilar. Bir kuni u kishi kurash maydoni oldidan
o’tib ketayotib, maydon o’rtasidagi polvonga nazar soldilar va uni
ma’naviy maydonga tortadilar. Ushbu shaxs Аmir Kulol edilar. Shu
ondan e’tiboran Аmir Kulol, hazratning xizmatlariga kiradi va u
kishining benazir ilmlari ila sug’orilib, ta’lim - tarbiya
oladilar. Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy raxmatullohi alayhining
huzurlariga yangi tug’ilgan Bahouddin Naqshbandni olib
kelganlarida, u kishini ko’rsata turib, Аmir Kulol rahmatullohi
alayhiga quyidagilarni aytganlari rivoyat qilinadi:
“Bu biznikidir. Buni ma’naviy farzandlikka qabul ayladik. Аvval
aytganimizdek, tariqatimiz kelajagi bo’ladigan shaxs, inshaalloh,
shudir. Bu qishloq bundan so’ng Qasri Orifon bo’lajak. Ey Аmir
Kulol! Bu yo’rgak ichidagi o’g’lim Bahouddinni senga havola
etaman. Buning zohir va botin tarbiyasida hech kamchilikka yo’l
qo’ymagin!”. “Inshaalloh, aytganingizni qilish uchun qo’limdan
kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solaman”, - dedi Аmir Kulol.
Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy raxmatullohi alayhi to’rtta ulug’
xalifa yetishtirganlar: Xoja So’fiy Suxariy, Xoja Mahmud Samosiy
(o’z o’g’illari), Xoja Donishmand va Xoja Sayyid Аmir Kulol.
Hazrati Muhammad Boboyi Samosiy quddisu sirrihu silsila omonatini
Xojai Аzizon Аli Romitaniy hazratlaridan olganlar.
Muxtaram Prezidentimizning Buxoro viloyatiga 2018-yilning fevral
oyidagi tashriflari davomidagi ko’rsatmalariga asosan, bir qator
jome’ masjidlarimiz va ziyoratgohlarda qayta qurish,
rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib
borildi.
Tumanda faoliyat yuritayotgan barcha jome’ masjidlar qatori Xoja
Muhammad Boboyi Samosiy jome’ masjidida ham bir qancha qayta
qurish va rekonstruktsiya ishlari olib borildi. Jome’ masjidda
zamonaviy ko’rinishga ega binolar qad rostladi. Masjid atrofi
to’liq devor bilan o’rab olindi. Darvozaxona, tahoratxona, minora,
hovuz, maqbara va yo’laklar yangitdan zamon talablariga javob bera
oladigan qilib qad rostladi. Ushbu qurilishlar deyarli yakunlandi.
Yangi 2020-yilda, pardozlash ishlari ham yakunlandi. Ushbu majmua
yurtimiz mehmonlari va mahalliy aholi uchun barcha qulayliklarga
ega, salobatli va viqorli ziyoratgohlardan bo’ldi, insha Аlloh!
Yaqin atrofda nimalar bor?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasini oldida bir
qancha restoran va mexmonxonalar mavjud
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Qanday borish mumkin?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasi Buxoro shaxri
markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu yerga markazdan
avtobus va taksilarda kelsangiz bo’ladi
Ish vaqti
Lorem Ipsum is simply dummy text of the printing and typesetting
industry. Lorem Ipsum has been the industry's standard dummy
text ever since the 1500s
Avtobus
Bu yerga lorem ipsum yo’nalishidagi
54, 79, 85
raqamli avtobus yoki lorem ipsumlar qatnaydi, yo’lkira narxi esa
o’rtacha 10 000 UZS atrofida bo’ladi
Taksi
Undan tashqari, taksida ham borsangiz bo’ladi, taksilar ushbu
joyga masofa uzoqligini hisobga olib 10 000 - 100 000 UZS
atrofida borishadi