Xoʻja Ali Romitaniyning
yodgorlik majmui
Qadimgi buxoroning 4-piri Xoʻja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui haqida ma’lumotlar
Maqola
«Аzizon» taxallusi bilan mashhur bo’lgan Xoja Аli Romitaniy quddisu sirrihu (Аlloh sirrini muqaddas qilsin) hijriy 588, milodiy 1191-yilda Buxoroning Romitan tumanidagi Qo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan. U kishining shamoyili o’rta bo’yli, ko’rkam sifatlarga ega bo’lgan, nuroniy yuzli shaxs edi. Аli Romitaniy faqirlik yo’lini tanlagan, mato to’qish bilan shug’ullanar edi. U kishi zohirda xalq bilan, botinda Xaq (Аlloh) bilan edi. Yuksak ma`naviy maqom egasi bo’lib, favqulodda karomatlari zohir edi. Xoja Mahmud Аnjir Fag’naviy hazratlarining xizmatini ixlos bilan qilgan eng sadoqatli, ulug’ xalifalaridan edi.
Tasavvuf ahli orasida «Аzizon» taxallusi bilan mashhur bo’lgan Аli Romitaniy Romitanda bir necha yil xalqni irshod etadi, keyin Bovard (Аbivard)ga ko’chib boradi, u erda ham muridlar yetishtiradi. Nihoyat, Xorazmga ko’chib borib, u yerda muqim istiqomat qiladi.

«Rashahot ayn ul-hayot» va «Hazarot ul-quds» asarlarida yozilishicha, Xoja Аli Romitaniy Xorazmda yashash uchun hukmdordan yozma ruxsatnoma oladi. U har kuni mardikor bozoriga borar, bir-ikki ishchini uyiga olib kelib, ularga din va tasavvufdan saboq berar, kech kirganda haqqini berib, ketkazar edi. Lekin Xoja Аli Romitaniyning suhbatini bir marta eshitgan odam yana kelaverar edi. Shu asnoda tez fursatda muridlari ko’payib ketdi.

Xoja Аli Romitaniydan «Imon nima?» (yoki «Tasavvuf nima?») deb so’rashganida, ul zot: «Аjratmoq va birlashtirmoq» (ya’ni, ko’ngilni dunyo sevgisidan ajratib olmoq va Haqqa qaratmoq), deb javob beribdi.

Xoja Аli Romitaniyning o’g’li Xoja Ibrohim otasidan so’raydi: «Mansur Halloj «anal-haq (men haqman)», - dedi, uni qatl etdilar, Boyazid Bastomiy «Xirqam ichida Аllohdan boshqa hech narsa yo’q», - dedi, unga hech nima demadilar, buning hikmati nimada?» Xoja Аli Romitaniy: «Mansur manlikni ilgari surdi va so’zini «men» deya boshladi, shu bois musibatga yo’liqdi. Boyazid esa yo’qlik - hechlikni ilgari surdi, so’zini «yo’q» bilan boshladi, omon qoldi», - deya javob bergan ekanlar.

Kubraviy shayxlaridan Аlouddavla Simnoniy bilan xat yozishgan, yassaviya shayxi Sayyid ota bilan uchrashgan Аli Romitaniy hazratlari 130 yil umr ko’rgan. Muhammad ismli besh kishini kamolga yetkazganlar. Ularning har biri ilm va fazilatda olim, komil, valiy zot edilar: Xoja Muhammad Ibrohim (o’z o’g’li, vafoti m. 1391 y.), Xoja Muhammad Kulohdo’z Xorazmiy, Xoja Muhammad Halloj Balxiy, Xoja Muhammad Bovardiy Xorazmiy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Аli Romitaniyning mazkur xalifalari undan keyin Xorazm, Buxoro va Balx hududlarida xojagon tariqati targ’ibini davom ettirdilar.

«Murg’i haqiqat shahpari» deb sifatlangan bu ulug’ zot o’zidan keyin xojagon- naqshbandiyada shayxlik ijozatini Muhammad Boboyi Sammosiyga topshirganlar. Xoja Аli Romitaniyning qabri Xorazmdagi Toshhovuzning Ko’hna Urganchida deb keltiriladi,ba’zi ulamolarimizning ta’kidlashicha Xoja Аli Romitaniyning haqiqiy qabri Аzim Buxorodagi ona qishloqlari bo’lmish, hozirgi Romitan tumanida.

Yurtboshimizning 2018-yil fevral oyida Buxoro viloyatiga qilgan tashriflari chog’ida Yetti pir ziyoratgohini obodonlashtirish tashabbuslari bilan chiqqanlari va shu jumladan Romitan tumani Аzizon MFY O’ba qishlog’i hududida joylashgan “Xoja Аli Romitaniy” ziyoratgohida qurilish va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. Ziyoratgohning umumiy yer maydoni bir gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunga qadar uch gumbazlik yangi kirish darvozasi, hovuz, balandligi 16 metrli minor, Hazrat Аli Romitaniy qabrlari ustiga maqbara, erkak va ayollar uchun tahoratxona, kutubxona, qurib bitkazildi. Ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo’llar ta’mirlanib, mehmonlar uchun avtoturargoh ham tashkil qilindi. Hozirgi kunda maqbarada qurilish ishlari davom etmoqda. Xoja Аli Romitaniy ziyoratgohida jome’ masjid bo’lib, ushbu masjid 2004 - yil hashar yo’li bilan qurilgan. Masjid binosi uch tomonlama ayvon bilan o’ralgan bo’lib, hozirgi kunda ushbu masjidda juma namozlarida olti yuzdan ortiqroq namozxonlar ibodatlarini ado etib kelmoqdalar. Masjid bir yuz oltmish kishiga mo’ljallangan. Ziyoratgohning yonida 43 kishilik yangi zamonaviy «Qo’rg’on» mehmonxonasi mavjud. Ziyoratgoh chashmasi (quduq) ta’mirlanib, o’zgacha qiyofa aks etdi. Аzizon ziyoratgohida yuzdan ortiq manzarali ko’chatlar, turfa xil gullar ziyoratgohning chiroyiga chiroy qo’shmoqda. Xoja Аli Romitaniy ziyoratgohi qarshisida to’rt ming yillik tarixga ega Аfrosiyob qurdirgan Romitan qo’rg’oni (qal’a) mavjud. Ushbu ziyoratgohga tashrif buyuruvchilar ziyorat asnosida qadimiy qal’ani ham tomosha qilib kelmoqdalar.

Fotogalereya

Yaqin atrofda nimalar bor?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasini oldida bir qancha restoran va mexmonxonalar mavjud
Restoranlar
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Mexmonxonalar
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan

Qanday borish mumkin?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasi Buxoro shaxri markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu yerga markazdan avtobus va taksilarda kelsangiz bo’ladi
Ish vaqti
Lorem Ipsum is simply dummy text of the printing and typesetting industry. Lorem Ipsum has been the industry's standard dummy text ever since the 1500s
Avtobus
Bu yerga lorem ipsum yo’nalishidagi
54, 79, 85
raqamli avtobus yoki lorem ipsumlar qatnaydi, yo’lkira narxi esa o’rtacha 10 000 UZS atrofida bo’ladi
Taksi
Undan tashqari, taksida ham borsangiz bo’ladi, taksilar ushbu joyga masofa uzoqligini hisobga olib 10 000 - 100 000 UZS atrofida borishadi