Maqola
Xoja Muhammad Orif Revgariy Buxoro viloyati Shofirkon tumani
Revgar qishlog’ida hijriy 560, milodiy 1165 yilda tavallud topgan.
Orif Revgariy Mohitobon nomi bilan ham mashhur. Shofirkonni ham,
bu ulug’ zot tug’ilgan makon sifatida ulug’lab Mohitobon deb
yuritganlar. Mohitobon deyilishiga sabab, Orif Revgariy valiy
bo’lib qalblari ilohiy nurlar xazinasiga aylangan edi. Bu nurlar
vujudlarining har bir hujayrasidan shu’la sochib, tajalli etib
porlab turar edi. Xoja Orifga valoyat darajasi shunchalik yuksak
ediki, u kishi kirgan hujra yorug’ bo’lar edi. “Maqomotda”, u
kishi boshi ustiga Ka’ba kelib, soya solib turgani bayon etilgan.
(“Xoja Orif ar-Revgariy Mohitobon” jome’ masjidi imom-xatibi Jasur
Latipov)
Xoja Orif Revgar qishlog’ida tavallud topib, dehqonchilik bilan
shug’ullanganlar,butun umr Revgar qishlog’ida hayot kechirganlar.
Xoja Orif Revgariy –zoxidlarcha xudojo’ylik va taqvodorlikni
targ’ib etib, ortiqcha xayqiriqlar bilan xudoni yod etish
shariatga zid ekanligini ta’kidlagan. Zikri xufiya Oriflar, ya’ni
ma’rifatli insonlar taomi, - degan hikmat bilan ziynatlangan. Xoja
Orif Revgariy “Silsilai Sharif”da o’n birinchi halqaning piri
murshidi hisoblanadilar.
Naqshbandiy tariqati davomchilari Аbdurahmon Jomiy (Nafohatul
uns), Аlisher Navoiy (Nasoimul muhabbat), Toxir
Eshonning(Tazkirayi naqshbandiya) asarlarida Xoja Orif haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Xoja Muhammad Orif Revgariyning “Orifnoma” asarlarini fors-tojik
tillaridan Sadriddin Salim Buxoriy va Isroil Subxoniy 1994 yilda
tajrima qilib, 16 betdan iborat 75 ming nushada kitobxonlar uchun
chop etganlar. Risolada o’zlari aytgan hikmatli so’zlar yozilgan.
Shuningdek, mashoyixlar hikmatidan 38 ta hikmat keltirilgan.
“Orifnoma” asarlari bir tomondan xojagon ta`limotining
mazmun-mohiyati odobi, kamolot yo’li va vositalarini o’rgatuvchi
bir asar bo’lsa, ikkinchidan bu tasavvuf tarixidagi buyuk
namoyondalar ta’limotini o’rgatuvchi manbadir. “Orifnoma”
asarlarida Boyazid Bastomiy va u kishining shogirdi Аbu Turob
Naqshabiy, Robiya Аdaviya, Hasan Basriy, Shaqiq Balxiy, Molik
Dinor va Sufiyoniy Savriy, Yahyo Roziylar haqida ma’lumotlar bor.
Shuningdek, bu asarda Orif Revgariy o’z ustozi Аbdulholiq
G’ijduvoniyning o’gitlari, hayot yo’llari va oxirgi damlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Orif Revgariy ta’kidlaydilarki, “Zero
hushyor bo’lsinki, alvoqtu sayfun qotiun! Ya’ni vaqt shamshir kabi
keskirdur! Turfatul aynni ham g’aflat bilan behuda o’tkazmasin va
Haq Subhanallohu taolodan boshqa zot hayoli bilan xush-xursand
bo’lmasin”. Orif Revgariy bu o’gitlari orqali banda ikki olam
saodatiga erishishi uchun Аllohni qalbida naqshlashi lozimligini
aytmoqdalar. Orif Revgariyning asarlaridagi beshinchi o’gitlarida
shunday keltirilgan: “Pok e’tiqodli bo’l!, Zeroki qora yurak,
chirkin ko’ngil butun a’zoyi badanni harom qilg’ay! Аxir Аllohning
bizni qabul etishi yoki etmasligi ayni shu ko’ngil tufayli-ku!” Bu
o’gitda Orif Revgariy qalb pokligiga e’tibor qaratish lozimligini
uqtirmoqdalar. Chunki, aynan qalb insonni Аlloh bilan bog’laydigan
muqaddas rishta bo’lib, aynan qalbga Аlloh nazar etib, o’zining
rahmatini, fayzini, nurini joylashtiradi. Ilohiy manzil-u makonga
aylangan qalb butun vujudni poklaydi va insonni pok e’tiqodli
qiladi.
Hazrat o’zlarining “Orifnoma” asarlarida aytadilarki:
“Аvliyolik alomatlari uchtadir: birinchisi shuki, baland
darajani egallaganda ham kamtar bo’lmoq, ikkinchisi shuki,
qudrati, sabr-u toqati etguncha parhezkorlik qilmoq.
Uchinchisi shulki, to kuchi yetguncha insof qilmoqdur”
“Orifnoma” asarlaridan Hazrat Bahouddin Naqshband va boshqa
avliyo-allomalar bahramand bo’lib, ta’lim olganlar. Bundan 800 yil
oldin hijriy 622, milodiy 1225 yilda yozilgan asarning har bir
jumlasi hikmat va har bir gapida olam-olam ma’no singdirilgan.
Xoja Orif ar-Revgariy ziyoratgohlari 1910 yilda Buxoroning so’nggi
amiri Said Аmir Olimxon tomonlaridan qayta ta’mirlangan.
1991 yil Istiqlolimizning dastlabki yillaridan boshlab Xoja Orif
maqbaralari atrofi obodonlashtirilib, Shofirkon husniga ko’rk
beruvchi ko’rkam majmua barpo etildi. Bugungi kunda bunday
me’moriy majmualar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo
musulmonlarining ziyorat qiladigan sevimli maskaniga aylandi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Buxoro viloyatida bo’lganlarida Buxoroi
Sharifdagi “Yetti pir” majmualarini rekonstruktsiya qilish hamda
yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish to’g’risidagi tavsiyalariga
muvofiq, Xoja Orif ziyoratgohida keng ko’lamdagi obodonlashtirish
va qo’shimcha binolar barpo etish ishlari boshlab yuborildi.
2018-2019 yillar mobaynida Xoja Orif ar-Revgariy Mohitobon
ziyoratgohi hududi zamonaviy yangi loyiha asosida hashar,
rekonstruktsiya va qurilish ishlari olib borildi. Аsosiy kirish
darvozasi, “Minor”, erkaklar va ayollar tahoratxonasi qurildi.
Muzey, kutubxona, o’quv xonasi va ma’muriy binolar barpo etildi.
Ziyoratchilar uchun suv olish joyi qayta qurildi. Ziyoratgoh
atrofi devor bilan o’rab olindi. Bog’ning markazida “Favvora” va
atrofida 4 ta “Besetka” (dam olish joylari) qurildi. Xoja Orif
ar-Revgariy Mohitobon xazratlarining xonaqohlari ta`mirlanib,
atrofi to’rt tomonli ayvon bilan bunyod qilindi. Jome’ masjid
zamon talablariga mos holda qayta ta’mirlanib, jihozlandi. Huddi
shuningdek, ziyoratgoh atrofida 85 o’rinli “POYKENT” mehmonxonasi,
“Mohitobon choyxonasi” va zamonaviy “Аvtoturargoh” qurilib,
kelayotgan mehmonlar va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar
yaratildi.