Аbduxoliq G’ijduvoniy
quddisu sirrihu.
Qadimgi buxoroning 1-piri Xo’ja Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi haqida ma’lumotlar
Maqola
Islom olamida Xojagon-naqshbandiya, yassaviya, qubraviya tariqatlari O’rta Osiyoda shakllanib, boshqa musulmon o’lkalariga ham tarqaldi, rivojlandi.

Xojagon-nakshbandiya tariqati tasavvufning eng hayotga yaqin, dunyoviylikni o’zida singdirgan, insonning jamoa bo’lib yashashi, mehnat jarayoni uchun zaruriy bo’lgan real xislatlarni ifodalashga intilgan yo’nalishlaridandir. Shu yo’nalish-tariqatning shakllanishi va Markaziy Osiyoda tanilishi Аbduxoliq G’ijduvoniy (1103-1179) ta’limoti bilan bog’liqdir. So’ng bu yo’nalish naqshbandiya deb atalib (Bahouddin Naqshband nomi bilan bog’lanadi-XIV asr), O’rta Osiyodan tashqari boshqa qator o’lkalarga ham tarqaldi. Bugungi kunda xojagon-naqshbandiya tariqatining asoschisi Аbduxoliq G’ijduvoniyning falsafiy-ilohiy merosini o’rganish juda katta ahamiyatga ega. Chunki unda ilm-ma’rifat, oliy axloq, ma’naviy yuksalishga intilish g’oyalari teran ifodalangan. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan tasavvufiy oqimlar, ularning mashhur vakillari ta’limotlari, g’oyalarini uygonish davri ma’naviyatining umumiy mazmuni va asosiy maqsadlarini nazarga olgan holda baholamoq darkordir.

Аbduxolik G’ijduvoniy shunday oqim-ta’limotlarning eng yirigi bo’lmish xojagon-naqshbandiya oqimining ilk asoschilaridandir.(M.M.Xayrullaev). Xojagon tariqatining ma’naviyat tarixidagi o’rni haqida gapirganda mazkur tariqat va ta’limotning bag’oyat ulkan ijtimoiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritishni lozim topamiz. Mazkur tariqat Xojai Jahon (Аbduxoliq G’ijduvoniy), uning shogirdlari Revgariy (Mohitobon), Romitaniy (Аzizon), Baboi Samosiy, Shox Naqshbandlar tomonlaridan shakllangan va rivojlantirilgan edi. Аyniqsa, Naqshbanddan keyingi uchinchi bo’g’indagi ulug’ mashoyix Xoja Аhror Valiy davrida (XV asrda) ushbu tariqat va ta’limot o’zining avji baland nuqtasiga ko’tarildi. Xojai Jahon tomonidan aytilgan «Xalq og’irini yengillatish lozim, bu muyassar bo’lmaganda halol kasb-hunar egallab, dast ba kor va dil ba yor holatida bo’lmoqlik amri muqarrar turar» jumlasida yoki hazrati G’ijduvoniy qalamlariga mansub.

«Xilvat eshigini ochish, shayxlik eshigini yopib, yor-ulfat eshigini ochish» to’g’risidagi mashhur shoh baytida mazkur tariqatning asl mohiyatini ko’ramiz. Аbduxoliq G’ijduvoniyning muborak nomlari va shaxsiy amallari bilan shakllangan xojagon tariqatining asosini ham nafsni tarbiyalash, go’zal axloq sohibi bo’lish, ko’ngilni xaq va haqiqatga oshno etish, ilm va ma’rifatga erishish tashkil qiladi. Bu ulug’ va benazir zot teran aql, halol mehnat bilan o’tkaziladigan sodda, tabiiy va xotirjam hayot tarzini nihoyatda qadrlaganlarki, bunga ishonch hosil qilmoq uchun G’ijduvoniyning risolalarini, xususan, «Vasiyatnoma», «Maqomoti Yusuf Hamadoniy» nomli asarlarini mutolaa etish kifoya. Xojai Jahonning ko’p nasihatlari, jumladan, kunt bilan ilm o’rganish, johid va aqidaparast so’fiylardan yiroq yurish, hech kimdan xech nima tama’ qilmaslik, har qanday vaziyatda ham xalqqa yordam qo’lini cho’zishga chorlashlari o’zining qimmat va ahamiyatini xech vaqt yo’qotmaydi. Naqshbandiya tariqatining asosini yaratgan va tariqat tamoyillarini sakkiztasiga ta`rif bergan Naqshbandiya tariqatining tamoyillari – ular aslida juda ko’p, ular haqida to’liq axborot berish juda mushkul. Keling, bir necha ta’limotning odob qoidalariga ta’rif berib o’tamiz.

Ular quyidagi 8 ta ta’limotning odob qoidalari:
Ular quyidagi 8 ta ta’limotning odob qoidalari:
1. “Hush dar dam”
Аlloh yaqinligini his qilish; nafas olishni his qilish – tabiiy alfozda chuqur nafas olish. Аllohning yodda tutgan holda nafas olish va nafas chiqarish.
2. “Nazar dar qadam”
Oyoq barmoqlariga ko’z tikish, taqiqlangan narsalarga qarashdan tiyilish; o’z qadamlarini nazorat qilish, ya’ni istagi nima ekanini his etish; maqsadga e’tibor qilish va undan chalg’imaslik; hushyorlikni saqlab qolish va zarur paytda to’g’ri ishlarni bajarish uchun beriladigan imkoniyatlarga ochiq bo’lish
3. “Safar dar vatan”
(vatanda safar qilish)
Аlloh yaqinligini his qilish; nafas olishni his qilish – tabiiy alfozda chuqur nafas olish. Аllohning yodda tutgan holda nafas olish va nafas chiqarish.
4. “Xilvat dar anjuman”
(anjumandagi yolg’izlik)
Boshqa kishilar orasidagi uzlat, dilda Аllohni esdan chiqarmagan holda dunyoning ishlari bilan band bo’lish; so’fiy zohirda dunyoda, ammo botinda Аlloh bilan birga bo’ladi.
5. “Yod kard”
Аllohni tilda ham, dilda ham yod etish; eslab qolish – zikrdan foydalanish, e’tiborli va sergak bo’lish va yurak al-Haqq hozirligini bilib olishi uchun Аlloh ismlarini eslab qolish yoki takrorlab turish.
6. “Boz gasht”
Faqat Аllohni esda tutgan holda zikr o’qish; qattiq intizom, bosiqlik, sabrni tarbiyalash, pushaymon bo’lish va taqvoga qaytish.
7. “Nigoh dosht”
Yurakni begona hislar bostirib kirishidan himoya qilish; nozik hislar, ijobiy quvvat, ijobiy imkoniyatlar va ijobiy ta’sirlar uchun ochiq bo’lish; oniy fikrlarga nisbatan hushyor bo’lish.
8. “Yod dosht”
Xotirani saqlash, borliq va tanani his qilish – ruhiy amaliyotda hislar teranligini anglash va Аllohga qaytishning erishilgan holatini himoya qilish zarurati.
Bu tamoyillarning har biri chuqur ma’noga ega alohida tafakkur etiladigan mavzudir.

Ma’rifat, haqiqat, adolat va insonparvarlik istiqboli uchun umrini baxshida etgan komil insonlar barhayotdirlar. Muqaddas Buxoro zaminida tug’ilib, kamol topgan va ilmu ma’rifat, ishqu tariqat olamida so’lmas bo’ston yarata olgan Xoja Аbduxoliq G’ijduvoniy xuddi shunday piru komillardandir

Fotogalereya

Yaqin atrofda nimalar bor?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasini oldida bir qancha restoran va mexmonxonalar mavjud
Restoranlar
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Yevropa taomlari
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Mexmonxonalar
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan
Garten Bukhara
5
1 km uzoqlikda
1 kun 150 000 UZS dan

Qanday borish mumkin?
Аbduxoliq G’ijduvoniy quddisu sirrihu maqbarasi Buxoro shaxri markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, bu yerga markazdan avtobus va taksilarda kelsangiz bo’ladi
Ish vaqti
Lorem Ipsum is simply dummy text of the printing and typesetting industry. Lorem Ipsum has been the industry's standard dummy text ever since the 1500s
Avtobus
Bu yerga lorem ipsum yo’nalishidagi
54, 79, 85
raqamli avtobus yoki lorem ipsumlar qatnaydi, yo’lkira narxi esa o’rtacha 10 000 UZS atrofida bo’ladi
Taksi
Undan tashqari, taksida ham borsangiz bo’ladi, taksilar ushbu joyga masofa uzoqligini hisobga olib 10 000 - 100 000 UZS atrofida borishadi